Samarqandda yoʻl harakati va turizm xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari kuchaytirildi
2025-02-28 12:20:00 / Yangiliklar

Respublikaning barcha hududlarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda huquqbuzarliklarga chek qoʻyish maqsadida nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda. Shu maqsadda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov Samarqand viloyatida xizmat safarida boʻlib, YHXB va boshqa sohaviy xizmat xodimlariga xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazdi.
Tadbir davomida yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kuchaytirildi. YPX xodimlari jamoat tartibini saqlash, qoidabuzarliklarning oldini olish va fuqarolarni yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirish maqsadida profilaktik reydlar oʻtkazmoqda. Xizmatga jalb etilgan xodimlarga tartib va intizomga qatʼiy rioya qilish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida Samarqand tumanidagi xavfsiz “Konigil” turizm qishlogʻi hamda 64-huquq tartibot maskanining faoliyati tahlil qilindi. Mahallalardagi kriminogen vaziyatga taʼsir qilayotgan omillar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, viloyatga tashrif buyuruvchi turistlar uchun xavfsiz muhit yaratish, Oʻzbekistonning tashrif uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini mustahkamlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi. Masʼul rahbarlarga xavfsiz turizmni rivojlantirish boʻyicha manzilli metodikalarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yoʻl harakati va turizm xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati