Toshkent viloyati IIBB rahbariyatining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda
2023-11-30 12:00:00 / Yangiliklar
![Toshkent viloyati IIBB rahbariyatining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fba3ada18-9120-b468-b7d2-415ff0d92ef0_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Toshkent viloyati 3-sektor hududida, aholi muammolarini oʻrganish, ijobiy hal etishga koʻmaklashish maqsadidagi ochiq muloqot uchrashuvi bugun Yangiyoʻl shahrida boʻlib, unda viloyat IIBB, hokimlik va hududiy korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida hududiy MFY larning 16 yoshga toʻlgan yoshlari uchun rasmiylashtirilgan ID-kartalar ularning kelgusi oʻqish va ish faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, tantanali tarzda topshirildi.
Sayyor qabul jarayonida aholining ichki ishlar organlariga xizmatga kirish, tergov va surishtiruv, yoʻl harakati xavfsizligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga koʻmak berish, ayollarni ish bilan taʼminlash kabi masalalar hamda huquqiy maslahatlar soʻrab yoʻllagan murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi.
Turli mazmundagi 50 dan ortiq murojaatlarning asosiy qismi qabul jarayonida va joyiga chiqib oʻrganishlar hamda muhokamalarda ijobiy hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganish uchun muddat talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shu kabi aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvlari shahar tumanlar kesimida davom ettirilmoqda
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati