Buxoroda “Dolzarb 40 kun” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2023-11-29 00:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati IIB boshligʻi polkovnik Mirjamol Miralimov, viloyat prokurori Mahmud Istamov hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Joʻraqul Shernazarov boshchiligida Buxoro shahar hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida kengaytirilgan tungi tezkor yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli koʻngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish borasida koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng, Buxoro shahri hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazishga kirishildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati