Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev shahar hududidagi tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyatini oʻrgandi
2023-11-28 20:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati IIB va viloyat prokuraturasining tezkor-profilaktik tadbirlarning “dolzarb 40 kunligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishiga asosan viloyatimiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini ijobiy hal etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Boshqarma boshligʻi Namangan shahridagi “Gʻishtkoʻprik” va “Majnuntol” mahallalaridagi huquq-tartibot maskanlari hamda hududga biriktirilgan post-patrul xizmati xodimlarining tungi faoliyatlarini oʻrgandi.
Oʻrganishlar yakunida tungi vaqtlarda xodimlar shaxsiy xavfsizlikni taʼminlangan holda hudud osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning tinchligini taʼminlash, jamoatchilik nazorati maskanlari faoliyatini va mahalladagi videokuzatuv kameralarini doimiy ravishda ishlashini nazorat qilib borish, shuningdek xizmatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikda ish tashkil etish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati