Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximovning Toshkent viloyati hududida oʻrganish ishlari davom etmoqda
2023-11-28 18:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, “Kuz-qish” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Toshkent viloyati hududlarida tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan oʻrganishlar olib bormoqda.
Navbatdagi tashrif Toshkent viloyati Zangiota tumanida boʻlib, tumanning Fayz mahallasidagi maʼmuriy binolar, koʻp qavatli uylar hamda issiqlik taʼminoti koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida, koʻp qavatli uylarning tom qismlari, transformator va elektr energiyasini oʻtkazuvchi simlar, issiqlik quvurlarining holati, yaʼni issiqlik ushlovchi materiallar bilan izolyatsiya qilinishi, gaz va ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar oʻrganilib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan yakunlash borasida topshirilar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi