Asosiy kontentga o'tish

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev Qarshi shahrida sayyor qabul oʻtkazdi

2023-11-28 16:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev Qarshi shahrida sayyor qabul oʻtkazdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev fuqarolarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʻrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida Qarshi shahrida sayyor qabul oʻtkazdi. Qarshi shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan qabulda murojaatlarning asosini xotin-qizlarga Himoya orderi berish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni fosh etish, ichki ishlar organlarining surishtiruv hamda tergov faoliyati bilan bogʻliq 10 ta masalalarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlar barchasi ijroga qaratilib, oʻrganib chiqish uchun tegishli mutasaddilar idoralarga yuborildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

341

Oxirgi yangilanish: 2023-11-28 14:01:40

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev Qarshi shahrida sayyor qabul oʻtkazdi