Samarqand viloyati Urgut tumanida osuda va farovon turmush tarzini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi
2023-11-28 14:00:00 / Yangiliklar
Jonajon diyorimizda bugun mislsiz oʻzgarishlar, olamshumul islohotlar yuksak pallaga kirganki, har bir amaliy ish zamirida inson manfaatlarini taʼminlash, jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatishdek ulugʻ maqsad mujassam.
Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshligʻi Abdugʻofur Ahmedov, viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov, viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatov Urgut tumanining “Kamangaron” va “Vagʻashti” mahallalarida aholi roziligi yoʻlida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, obodlikka yuz tutishi borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Hududda tinchlik, osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan ham fikrlashildi.
Mahalla mutasaddilari va huquq tartibot organlari masʼullariga aholining osuda va farovon turmush kechirishini taʼminlash, koʻchalar va mahallalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati