Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ikromjon Tursunovning navbatdagi oʻrganishlari viloyat 3-sektoriga qarashli Gʻijduvon tumanida oʻtkazildi
2025-02-23 12:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida Davlatimiz rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 1-sonli Qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ikromjon Tursunov mazkur ishlarning surʼati bilan yaqindan tanishish maqsadida Gʻijduvon tumanida boʻldi.
Tumanning Baqqollar MFY da oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida mahallaning ichki yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida barpo etilayotgan “Xavfsiz koʻcha” va “Xavfsiz yoʻlak” loyihalari doirasida olib borilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Shundan soʻng, boshqarma boshligʻi tumanning Oqrabot mahallasida boʻlib, viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari tomonidan mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni hal etish, “Raqamlashgan, obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan keng koʻlamli tozalash-obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash, bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.
Jarayonda davlatimiz rahbarining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” Dasturi, shuningdek, “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tumanlari tajribalari asosida aholining doimiy daromad manbaini oshirish, bir koʻcha bir mahsulot tamoyili asosida mahalla drayverini yaratish, xonadonlarning tomorqalaridan unumli foydalanish madaniyatini oshirish, pirovardida ishsiz va migratsiyada yurib qiynalgan fuqarolarimizni doimiy va daromadli ish bilan taʼminlash yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish, yangi bogʻlar yaratish, fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi yerlarida, bogʻ va tokzorlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni olib borish, ariq va zovurlarni tozalash, betonlashtirish kabi ishlarni bajarish yuzasidan berilgan vazifalarning ijrosi ham nazorat tartibida oʻrganilib, har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻshimcha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Bu kabi oʻrganishlar davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati