Namangan viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2025-02-20 10:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sektor rahbarlari va ularning tegishli oʻrinbosarlari hamda sohaga daxldor tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar.
Unda 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi doirasida shahar-tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ruhda tahlil qilindi.
Yigʻilishda viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Umirbek Madraximov, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi Ilhomjon Ikromovning joriy yilning oʻtgan davri mobaynida hududlarda mazkur Qaror yuzasidan ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning bajarilishi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.
Shuningdek, polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat hududidagi “qizil” toifadagi mahallalarda asosiy maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga alohida eʼtibor qaratib, manzilli ishlar tashkil etish, yangi tashkil etilayotgan huquq-tartibot maskanlarini belgilangan muddatda faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mavjudlarini esa yanada takomillashtirish, kameralashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan yigʻilish ishtirokchilarga maʼlumot berib oʻtdi.
Yigʻilish soʻnggida, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Prezident qarori ijrosini taʼminlash eng asosiy ustuvor vazifa ekanligini alohida taʼkidlab, barcha rahbarlarga aniq topshiriq va vazifalar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati