Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Zarafshon shahar Ichki ishlar boʻlimida boʻldi
2025-02-20 10:00:00 / Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davomida, mazkur viloyatning Zarafshon shahrida boʻlib, shahar IIBdagi “Maxsus psixologik markaz“ va “Xavfsiz shahar konsepsiyasi“ doirasida tashkil etilgan situatsion-tahliliy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholi oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklaring hamda baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish borasida hududni toʻliq kameralar bilan qamrovga olish borasida koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov viloyat IIB boshligʻi polkovnik, Azat Tasbayev bilan birgalikda “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “IIB bogʻi“ga turli xil koʻchatlar oʻtqazdi.