Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2025-02-20 10:00:00 / Yangiliklar

Videokonferensaloqa tizimi asosida oʻtkazilgan mazkur sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, hududiy studiyalardan esa shahar va tuman sektor rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari va tegishli idoralar masʼullari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-martdagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5005-sonli Farmoniga asosan sessiyada “Buxoro viloyatida 2024-yilda huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha” Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ikromjon Tursunovning ham hisoboti eshitildi.
Sessiya ishida kun tartibiga qoʻyilgan bir qator masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati