Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida tezkor yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-20 09:00:00 / Yangiliklar

Unda viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishi, belgilangan tartib va meʼyorlarga qatʼiy rioya etilishini doimiy ravishda nazoratga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Har bir mahallada ishlab chiqilgan yoʻl xaritalarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda keltirib oʻtilgan masalalar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati