Andijon viloyati IIB Faxriylar kengashining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-02-19 17:10:00 / Yangiliklar

Barcha jabhalarda boʻlgani kabi Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida ham keksa faxriylarni eʼzozlash, gʻamxoʻrlik qilishga muhim vazifa sifatida qaralib, yoshi ulugʻlarning holidan xabar olish, ularga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish singari ezgu ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Vazirlik va boshqarma rahbariyati tomonidan faxriylar harakatining samaradorligini yanada oshirish, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoya qilish hamda yosh xodimlarning vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish ishlariga katta ahamiyat qaratilyapti.
Andijon viloyati IIB Faxriylar kengashi tomonidan oʻtgan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hisobot yigʻilishi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida oʻtkazilib, faxriylar kengashining faoliyati chuqur tahlil qilindi.
Unda yosh xodimlarni vatanga va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashda nuroniy faxriylarning bilim va hayotiy tajribalari alohida oʻrin tutishi, shu boisdan ham ushbu masalaga faxriylar jiddiy yondashishlari lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbirda bir guruh faxriylar ham soʻz olib, yosh xodimlar bilan olib boriladigan ishlar yuzasidan oʻz takliflarini oʻrtoqlashdilar.
Hisobot yigʻilishi yakunida kelgusida amalga oshirilishi shart boʻlgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati