Toshkent shahar IIBB boshligʻi YHXB hududiy boʻlinmasi faoliyati bilan tanishdi
2025-02-19 16:35:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatov Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish markazida amalga oshirilgan ishlar hamda fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Xususan, barcha amaliyotlar elektron tizim orqali bajarilgani bois har bir ariza sifatli va bekam-u koʻst hal etilishi taʼminlanmoqda. Bosh boshqarma boshligʻi davlat raqam belgilarini avtomatik ravishda navbat bilan berilishi, maʼlumotlar planshet moslamasiga kiritilib, elektron tarzda shakllantirilish jarayonlarini ham kuzatdi.
Shuningdek, barcha xodimlar oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashgan holda, har bir hujjatni sinchkovlik bilan oʻrganib, avtomashinalar texnik koʻrigiga jiddiy eʼtibor qaratilishi boʻyicha tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati