IIV Malaka oshirish institutida xizmat intizomi va qonuniylikka bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-18 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi xodimlari, vazirlik Malaka oshirish instituti rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilari, xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda institut shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bogʻliq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.
Xizmat intizomini mustahkamlash yoʻnalishidagi ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti