Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar faoliyati muhokama qilindi
2025-02-16 09:00:00 / Yangiliklar

Muhokamada, mahallalarida oila-turmush doirasida sodir etilayotgan salbiy holatlar, uchrayotgan muammolar tahlil etildi.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini oʻrganish va hal etish muhim masala ekanligi ham aytib oʻtildi.
Hududlardagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ayniqsa mahallalardagi xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, “qizil” toifadagi hududlarni “yashil” hududlarga oʻtkazishda xizmatni namunali tashkil etish borasida ham soʻz yuritildi.
Yigʻilish soʻngida taʼkidlab oʻtilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati