Ekspert-kriminalistik faoliyati boʻyicha xalqaro hamkorlik
2025-02-14 17:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha Afgʻoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasining vakili Salome Flores xonim, loyiha koordinatori Nargiza Abduqodirova va dastur mutaxassisi Ulugʻbek Yusupovlar ishtirokida mintaqada oʻqotar qurollarning noqonuniy aylanishini oldini olish mavzusiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda BMT Xavfsizlik Kengashining 2017-yildagi (2370-son) rezolyutsiyasi doirasidagi “Terrorizm, qurol va jinoyatchilik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganish: koʻl oʻqotar qurol va yengil qurollarning noqonuniy muomalasi va ularni terrorchilarga noqonuniy yetkazib berishni oldini olish“ loyihani amalga oshirishda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining ilmiy texnik salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sud-tergov faoliyati davomida tayinlanadigan sud-ballistik ekspertizalarini oʻtkazishda foydalaniladigan raqamli taqqoslash mikroskopi foydalanish uchun topshirilib, kelgusida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha kelishib olindi.
Ekspert-kriminalistika bosh markazi