Vazir oʻrinbosari Situatsion-tahliliy markaz faoliyati bilan tanishdi
2025-02-13 11:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar davomida Uchquduq tumanidagi qizil hamda sariq toifaga kiritilgan mahallalarga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati hamda mahallada kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shundan soʻng keyingi obyekt Zarafshon shahridagi Oltin-vodiy va Istiqlol mahallasi boʻlib, mahalladagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti hamda Zarafshon shahar IIB Situatsion-tahliliy markazi faoliyati bilan tanishdi.
Navoiy viloyati boʻylab Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari davom etmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati