Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2025-02-12 10:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda sayyohlarni jalb qilish uchun soʻnggi yillarda nafaqat tarixiy va madaniy tadbirlar, shuningdek, jahon miqyosidagi sport musobaqalari, dam olish turistik maskanlari, koʻrgazma namoyishlari, ilmiy konferensiyalarni uyushtirish bilan ushbu yoʻnalishda sayyohlar oqimini jalb qilish yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda.
Mazkur turistik obyektlarda baxtsiz hodisalar, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida vazir oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Vazir oʻrinbosari viloyatning bevosita turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlarni birma-bir tahlil qildi.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan kelib chiqib, turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 2025-yil uchun moʻljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni jadallashtirish, xususan mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi