Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Ichki ishlar organlari harbiy safarbarlik boʻlinma boshliqlari bilan 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi
2025-02-11 16:15:00 / Yangiliklar
![Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Ichki ishlar organlari harbiy safarbarlik boʻlinma boshliqlari bilan 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F7035d64b-4281-d44e-b28b-c548e06b2976_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Soʻnggi vaqtlarda Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizni turli tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish, kuch tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aynan shu maqsadda, respublikaning barcha mintaqalaridan ichki ishlar organlari harbiy safarbarlik boʻlinma boshliqlari bugungi oʻtkazilayotgan oʻquv seminarga taklif etildi.
Yigʻilishda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti rahbari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov ishtirok etdi.
Yigʻilishda 2024-yilda jangovar va safarbarlik shayligi sohasiga oid muammolarni aniqlash, balki ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradigan amaliy yechimlarni taklif qilish, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalar tahlil qilindi. Erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokamaga qoʻyildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining jangovar, safarbarlik, tezkor rejalashtirish va fuqaro muhofazasi, qonuniylikni mustahkamlash, eng asosiy maqsad xalqimiz osoyishtaligi hamda huquq va manfaatlarini taʼminlash ekanligi taʼkidlandi
2025-yilda amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng ustuvor vazifalar belgilab olindi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti