Andijonda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi
2025-02-11 14:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-may kungi “Oʻzbekiston respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli Farmoni hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-yanvar kungi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarini oʻtkazilishi belgilanib, bu borada Andijon viloyatida ham bir qator ishlar olib borilmoqda.
Ushbu olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish maqsadida IIV Tezkor-qidiruv departamenti masʼullari hamda Andijon viloyati IIB rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, tegishli sohaviy xizmatlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati