“Fidoyi ayol xodima” koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati saralash bosqichi oʻtkazildi
2025-02-06 08:30:00 / Yangiliklar
![“Fidoyi ayol xodima” koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati saralash bosqichi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F6ed9b7cd-964f-c6b5-7915-40df39222a93_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarining ayol xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Fidoyi ayol xodima — 2025” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi qiziqarli va murosasiz bahslarga boy boʻldi.
Tanlovda qatnashgan xodimalar jangovar qurolni qismlarga ajratish va qayta yigʻish,1000 metrga yugurish va kompleks mashqlarni bajarish boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.
Shuningdek, ular xizmatga oid bilimlarini, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini hamda jangovar va xizmat malakalarini test sinovlari orqali namoyon etdilar. Yakuniy natijaga koʻra:
1-oʻrin: Mayor Sevara Anorqulova (Olmaliq KMK IIB);
2-oʻrin: Katta leytenant Nodira Mahkamboyeva (Parkent tumani IIB);
3-oʻrin: Dildora Fayzullayeva (Oqqoʻrgʻon tumani IIB) qoʻlga kiritdi.
Tanlov gʻolibi mayor Sevara Anorqulova viloyat sharafini respublika bosqichida himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.
Tadbir yakunida gʻolib va sovrindorlar viloyat boshqarma masʼullari tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov nafaqat xodimalarning professional tayyorgarligini sinovdan oʻtkazish, balki ular orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati