Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarda 2025-yilda oʻtkaziladigan hisobot-saylovlarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Ichki ishlar vazirligida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-02-06 08:30:00 / Yangiliklar
![Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarda 2025-yilda oʻtkaziladigan hisobot-saylovlarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Ichki ishlar vazirligida yigʻilish boʻlib oʻtdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F09bc85b5-8bcd-3dd5-ae60-c748251c2845_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Ushbu yigʻilish muhim mavzularni qamrab olib, kasaba uyushmalarining rivojlanishiga hamda xodimlarning huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Yigʻilishda kasaba uyushmalaridagi saylov jarayonlarining shaffof va demokratik tamoyillar asosida oʻtishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Ayniqsa, nomzodlarning erkin saylanishi, yashirin ovoz berish jarayonining toʻgʻri tashkil etilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kasaba uyushmalari va ichki ishlar vazirligi hamkorligida, xodimlarning huquqlari poymol etilishining oldini olish, ularning xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarida ishlashlarini taʼminlash boʻyicha ham chora-tadbirlar belgilandi.
Xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasidagi muvozanatni saqlash, kelishmovchiliklarning oldini olish muhim vazifa sifatida qayd etildi. Kasaba uyushmalarining zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda faoliyat yuritishi lozimligi taʼkidlandi.
Elektron boshqaruv tizimlarini joriy qilish, kasaba uyushmalari orqali mehnat nizolarini hal qilish jarayonlarini tezlashtirish va xodimlarning murojaatlariga tezkor javob berish mexanizmlarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Ichki ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan ushbu yigʻilish kasaba uyushmalarida oldinda turgan hisobot-saylov jarayonlarini samarali oʻtkazish uchun muhim qadam boʻldi.
U kasaba uyushmalarining yanada demokratik, shaffof va samarali faoliyat yuritishiga, xodimlarning huquq va manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yigʻilish natijalari kasaba uyushmalari tizimini yanada rivojlantirish va xodimlarning turmush sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan muhim qarorlarni qabul qilishga turtki boʻldi.
IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti