Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Jizzax viloyatida aholini muammolarini oʻrganmoqda
2025-02-05 13:10:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik R.Ashropov tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlari hamrohligida Jizzax viloyatida aholi muammolari oʻrganilib, ularning bandligini taʼminlash, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati koʻrib chiqilib, amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Vazir oʻrinbosari R.Ashropov Jizzax shahri, Forish va Sharof Rashidov tumanlari aholisi uchun maxsus iqtisodiy zona direksiyasida tashkil etilgan sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan muloqot qildi.
Sayyor qabulda Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻ.T.Qodirov, vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika ishchi guruhi aʼzolari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdilar.
Qabul davomida, fuqarolar muammolarini hal etishda koʻmak soʻrashdi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan fuqarolarning muammolari eshitilib, joyni oʻzida ijobiy hal etildi, shuningdek, ayrim fuqarolarning qoʻshimcha tekshirish talab etiladigan murojaatlari ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti