Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining barcha mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻrmoqda
2025-02-04 18:00:00 / Yangiliklar
Viloyatdagi har bir shahar-tuman sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida “Namunali xavfsiz koʻcha“ va “Namunali xavfsiz yoʻlak“ joriy etish borasida qilinayotgan ishlar oʻrganilmoqda.
Shuningdek, respublika ishchi guruhi hududlarda “Xavfsiz bozor” namunasini yaratish, videokuzatuv kameralari, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi uskunalar oʻrnatish hamda velosiped va avtomobillar turargohi tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishilmoqda.
Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat mahallalarida “mahallalar yettiligi” bilan jinoyatlarning oldini olish borasidagi vaziyatlar tahlil etilib, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan aniq manzilli tadbirlar belgilanmoqda.
Oʻrganishlar jarayonida asosiy eʼtibor Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijrosini taʼminlash ishlariga qaratilmoqda.
Ishchi guruh Surxondaryo viloyatida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
IIV Axborot xizmati