Navoiy viloyati IIBda “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik tanlovi oʻtkazildi
2025-02-04 08:30:00 / Yangiliklar
![Navoiy viloyati IIBda “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik tanlovi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F32d5e8bf-42d2-e7d8-2261-402240903a9a_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Oʻzbek adabiyotining buyuk namoyondasi Mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan ayol xodimalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Koʻrik-tanlov Nizomi talablariga asosan, “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari asosida oʻtkazildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrinni Boshqarma Navoiy kon-metallurgiya kombinati IIBning katta tezkor vakili mayor Maftuna Kurasheva, 2-oʻrinni viloyat IIBning katta tezkor vakili katta leytenant Buvixanifa Xoliqova egalladi.
Eng yaxshi natija koʻrsatgan Xatirchi tumani IIBda faoliyat olib borayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori leytenant Nasiba Toshboltayeva faxrli 1-oʻrin sohibasi boʻldi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati