Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov hamda viloyat prokurori Savid Imatov huzurida energo resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish masalasida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-02-02 09:00:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh shtabida videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyat hamda shahar-tumanlarning idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Dastavval, viloyat sektor rahbarlari tomonidan hududlarda yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari samarali tashkil etish, fuqarolarning iz gazidan zaharlanishini oldini olish, ijtimoiy soha obyektlaridagi energiya zaxiralarini toʻliq taʼminlash, buning uchun kuch va vositalarini safarbar qilish, yashil energiyani keng joriy etish hamda aholi orasida targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilish soʻngida tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglanib, viloyat sektor rahbarlari tomonidan energo resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish yuzasidan masʼullarga kerakli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati