Jazoni ijro etish departamentida Akademiya kursantlarining malakaviy amaliyotiga yoʻriqnoma yigʻilishi oʻtkazildi
2025-01-30 11:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti rahbariyati huzurida joriy yilning 24-yanvar kuni Vazirlik Akademiyasi 3-bosqich kursantlarining bitiruv malakaviy ishi oldi yoʻriqnomasi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda, kursantlarga biriktirilgan murabbiylar va Akademiya oʻqituvchi-pedagoglari ishtirok etdilar. Yigʻilishni Departament boshligʻining oʻrinbosari polkovnik G.Kurambayev kirish soʻzi bilan ochib, kursantlarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot davrida mustahkamlashi, koʻnikmalarini oshirib borishlari xususida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, kursantlarning tasdiqlangan kun tartibi, qonunchilik hamda xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari xususida gapirib, masʼul va murabbiylarga bir qator vazifalar qoʻydi.
Yigʻilish yakunida, kursantlar malaka amaliyoti bilan bogʻliq oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati