IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy qismiga transport vositalari tantanali ravishda topshirildi
2025-01-28 11:15:00 / Yangiliklar
![IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy qismiga transport vositalari tantanali ravishda topshirildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F4cf56b28-7e29-1e62-1695-5467bac655db_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
IIV Qorovul qoʻshinlari 7531-son harbiy qismda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu harbiy qism avtoxizmati ixtiyoriga eng yangi va zamonaviy rusumdagi 2 dona “ISUZU” rusumli avtobuslar topshirildi.
Tadbirda qoʻmondon polkovnik Xasan Batirov soʻzga chiqib, vazirlik rahbariyati nomiga oʻzi va qoʻshin qoʻmondonligi tomonidan samimiy minnatdorchilik bildirib oʻtdi, shuningdek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Qurolli kuchlarni tubdan isloh qilish, qoʻshinlarni eng yangi zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan taʼminlash borasidagi ishlar jadal hamda tizimli ravishda davom ettirilayotganligi, xususan, qorovul qoʻshinlariga berilgan bu kabi avtoulovlar bevosita shaxsiy tarkib xizmat, kasbiy va jangovar sifat faoliyatini oshirishida juda katta yordam berishini taʼkidlab oʻtdi.
Albatta, ushbu avtoulovlar harbiy xizmatchilarga uzoq yillar davomida samarali xizmat qilibgina qolmasdan, ularning olis manzillarini yaqinlashtirishida koʻmak berishi shubhasizdir.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi