Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Qarshi davlat universitetining “Lochin” voleybol jamoasi bilan uchrashdi
2025-01-26 10:10:00 / Yangiliklar
Qarshi davlat universitetining “Lochin” talaba yigitlar voleybol jamoasi joriy yilda voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etishi borasida dastlabki kelishuvga erishildi. Ayni kunda oliygohning voleybol sport turi yoʻnalishida 30 nafar talabalar tahsil oladi. Shuningdek, 14 nafar iqtidorli yoshlar “Lochin” voleybol jamoasi tarkibida mashgʻulot olib bormoqda.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari talaba yigitlar bilan muloqotda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan jamoaning yigʻinlarga tayyorgarlik koʻrishi, murabbiylar malakasini oshirish borasida amaliy koʻmak berilishi maʼlum qilindi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati