Surxondaryo viloyati IIBda “Fidoyi ayol xodima” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2025-01-24 15:40:00 / Yangiliklar
![Surxondaryo viloyati IIBda “Fidoyi ayol xodima” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fe0be086a-c47e-50a7-59e7-64a5f982490f_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalarning kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qoʻllab-quvvatlash, oʻz kasbining bilimdonlari va mohirlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ayol xodimalarning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, professional va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan koʻrik tanlovda ayol xodimalar uch bosqichda sinovdan oʻtkazildi.
1000 metr masofaga yugurish, kompleks mashqlar, “Makarov“ toʻpponchasini toʻliqsiz qismlarga ajratish, yigʻish va amaliy oʻq otish mashgʻulotlari hamda elektron test sinovi shartlarida bor bilim va koʻnikmalarini namoyon etgan xodimalar orasidan eng yuqori natijani qoʻlga kiritganlar hakamlar hayʼati koʻmagida saralab olindi.
Ushbu tanlovning “mutlaq gʻolibi”- deb, topilgan xodima Mahbuba Poʻlatova tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati