Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2025-01-23 12:55:00 / Yangiliklar
![Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F13dd80e8-0963-ca5a-d106-33197cd66347_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Sherzod Haydarov boshchiligida oʻtkazilgan muhokamada 2024-yil davomida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.
Jarayonida viloyat ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini toʻgʻri va adolatli olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirish, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash haqida masʼullarga bir qator topshiriqlar berildi.
Yakunda 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati