Buxoro viloyati IIB da barpo etilib, test rejimida ishlayotgan “Qalqon“ videokuzatuv markazining imkoniyatlari kengaymoqda
2025-01-22 08:10:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi negizida tashkil etilib, test rejimida ishlayotgan “Qalqon“ videokuzatuv markazining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, uni yanada takomillashtirish maqsadida, viloyat IIB boshligʻi huzurida, soha mutaxassislari tomonidan boshqarmaning sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida muhokama yigʻilishi, seminar trening tartibida oʻtkazildi.
Hozirda ushbu markazni takomillashtirish yuzasidan manzilli ishlar olib borilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilib, mutasaddilar tomonidan koʻp qavatli uylarda, maishiy va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mahallalar koʻchalarida, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot va muassasalarda oʻrnatilayotgan, taftishdan oʻtkazilgan zamonaviy kameralarni markazga integratsiya qilish masalalarining texnik tomonlari batafsil tushuntirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati