Ichki ishlar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-01-21 10:50:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Umida Abdullayeva tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyoda zoʻravon ekstremizmning oldini olish” mintaqaviy loyihasi rahbari Shtefan Buxmayer va mutaxassisi Regina Galimovalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda 2024-yilda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, 2025-yilda hamkorlikda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, zoʻravonlik sodir etgan va sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni tuzatish dasturidan oʻtkazish yuzasidan Qirgʻiziston va Gruziya tajribalari oʻrganish yuzasidan takliflar berildi.
Joylarda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va mahalladagi xotin-qizlar faollarini oʻqitish yuzasidan hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha kelishib olindi.
IIV JXD Axborot xizmati