IIV Malaka oshirish institutida tuman-shahar ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshliqlariga oʻquv yigʻin mashgʻulotlarning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
2025-01-19 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 6 — 18-yanvar kunlari, tumani-shahar ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshliqlarining amaliy bilim va kasbiy jangovar koʻnikmalarini oshirish maqsadida, Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida oʻquv yigʻin mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan rahbarlarga qoʻyilayotgan bugungi kun talablariga javob beradigan yuksak kasbiy mahoratini rivojlantirish, tuman (shahar) ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshliqlarining kasbiy bilim, koʻnikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha ishlashda qonuniylik prinsiplariga amal qilish faoliyatini yuksaltirish yuzasidan bilim va koʻnikmalari oshirildi.
Oʻquv yigʻini yakunida rahbar xodimlarning kasbiy bilimlari bilan bir qatorda jangovar va jismoniy tayyorgarligi ham sinovdan oʻtkazilib, yakunda imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev tomonidan sertifikatlar topshirildi.
IIV JXD Axborot xizmati