Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
2025-01-18 21:20:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilib, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududiy ichki ishlar organlari masʼullarining faoliyatiga baho berildi.
Yigʻilish yakunida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
IIV JXD Axborot xizmati