Ochiq eshiklar kuni. Uchrashuv joyi - Harbiy qism
2025-01-13 01:25:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar IIB otaligʻidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7551 harbiy qismda «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.
Tadbir jarayonida oʻquvchilar Vatan himoyachilari samarali xizmat qilishi va mazmunli dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy qism kutubxonasi, sport zali, oʻquv xonalari, yotoqxonalar, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
- Vatan himoyachilari safida harbiy ayollarni koʻrib, men ham ular kabi shijoatli, matonatli boʻlishni niyat ildim, — deydi maktabning 10-sinf oʻquvchisi Marjona Olimova.
Tadbirida ishtirokchilarga qurol-aslaha va maxsus texnikalar koʻrgazmalari namoyish etilib, ulardan foydalanish usullari tushuntirildi. Faxriy qorovul, askarlarning qoʻl jangi tayyorgarligi hamda Kinologiya xizmati xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Zarafshon shahar IIB boshligʻi va yoshlar bilan uchrashuvdagi oʻzaro muloqot chogʻida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, kelgusidagi rejalari, tanlayotgan kasb va mutaxassisliklari haqida gapirib berishdi.
Mahliyo XOLOVA, oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.