Asosiy kontentga o'tish

Buxoro viloyati IIBda IIV Akademiyasi kursantlari hamda magistratura tinglovchilari ishtirokida navbatdagi master-klass oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi

2025-01-10 09:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov boshchiligidagi IIV Akademiyasi bakalavr bosqichining Buxoro viloyatidan jamlangan kursantlari, magistratura tinglovchilari va ixtisoslashtirilgan kafedralar oʻqituvchilari ishtirokida onlayn master-klass oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotda “Profilaktika inspektorlarining uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati”, “Qidiruvdagilar, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirib topish borasida tezkor-qidiruv xizmati xodimlarining sohaviy xizmatlar bilan oʻzaro hamkorligi”, “Navbatchilik qismiga kelib tushgan barcha turdagi jinoyat va xabarlarning roʻyxatga olinishi, ular asosida hodisa sodir boʻlgan joyga chiqish hamda tergov-tezkor guruhining sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatining xususiyatlari”mavzularida maʼruzalar qilindi.

Ochiq va munozaralarga boy boʻlgan mashgʻulotda kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

495

Oxirgi yangilanish: 2025-01-10 18:21:22