Buxoro viloyati IIB tomonidan profilaktika inspektorlari uchun oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-01-07 09:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov boshchiligida profilaktika inspektorlari bilan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mashgʻulotda Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” gi Qonuni hamda sohaga oid bir nechta normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati toʻliq tushuntirildi.
Shuningdek, hududlar kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, salmogʻi yuqori boʻlgan jinoyatlarni oldini olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni jilovlashda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mahallalarda xavfsiz muhit hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan ham tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati