Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlariga bir qator manzilli chora-tadbirlar belgilandi
2025-01-06 13:30:00 / Yangiliklar
Dastlab yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanib, soʻng boshqarma boshliqlarining hafta davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan turizm namoyish obyektlari, vokzal, aeroport va metro bekatlarida yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik borasida bir qator vazifalar belgilandi.
Shundan soʻng, jamiyatda qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi vazifalarini bajarishda tashabbuskorligi va qatʼiyatligi, xizmat faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi va kasb mahorati darajasini samarali tarzda oshirganligi, xizmat vazifalarini bajarishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi uchun Departament markaziy apparati va uning quyi tizimida xizmat qiluvchi bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi