IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlari tomonidan bayram oʻtkazilayotgan hududlarda mahalliy va xorijiy mehmonlarning xavfsizligi taʼminlamoqda
2025-01-04 10:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼullari tomonidan joylarda yangi yil bayramini tinch va osoyishta kutib olish boʻyicha koʻrilgan chora tadbirlar koʻzdan kechirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Istiqlol koʻchasida joylashgan Markaziy archada va Yakkasaroy tumani, Furqat koʻchasida joylashgan (Magic City) Yangi yil archalari atrofida koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari, fuqarolarga va turistlarga yaratilgan shart-sharoitlar va xizmatga jalb etilgan xodimlarning shayligi oʻrganildi.
Ayni jarayonda Xavfsiz turizmni taʼminlash xodimlari oldidagi masʼuliyatni yanada oshirish, qatʼiy tartib intizom asosida xizmat tashkillashtirish, hududlarni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish, mahalliy va xorijiy turistlar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalar boʻlmasligi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi