Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholi bilan sayyor qabul uchrashuvlari davom etmoqda
2024-12-27 16:55:00 / Yangiliklar
Aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokurori, viloyat IIBB boshligʻi, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda FVB rahbariyati ishtirok etdilar.
Yuqori Chirchiq tumanida sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtgan sayyor qabulda ichki ishlar organlariga oid murojaatlar Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov tomonidan koʻrib chiqildi.
Jarayonda aholining, Ichki ishlar organlariga xizmatga kirish va qayta tiklash, tergov, probatsiya xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi, YPX va boshqa shu turdagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning asosiy qismi qabul jarayonida va muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati