Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Taxiatosh tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi
2024-12-27 16:10:00 / Yangiliklar

Yangi yil bayrami munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Taxiatosh tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan xabar olish uchun tashrif buyurdi.
Ichki ishlar vaziri hamda tuman sektor rahbarlari bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga Prezidentimiz tomonidan har yili beriladigan Prezident sovgʻalarini topshirildi. Bu sovgʻalar ularga katta xursandchilik ulashib, taassurotlar qoldirdi.
Undan soʻng, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yigʻilganlar nazariga inʼom etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati