Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbari Sirdaryoda oʻrganish ishlarini olib bormoqda

2024-12-26 11:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikamizning barcha hududlarida yangi 2025-yil bayrami tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish davrida xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Farmoyishi hamda Ichki ishlar vazirining 2024-yil 30-noyabrdagi “Prezident archasi” va “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish mobaynida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Otabek Sharipov rahbarligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik koʻrilishi hamda bayramni oʻtkazish mobaynida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha joylarga chiqqan holda oʻrganishlar olib borildi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbari shahar-tumanlardagi bayram oʻtkaziladigan maydon, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Hududni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berib oʻtdi.

Eng asosiy maqsad hamyurtlarimiz xotirjamligini saqlash ekanligi taʼkidlandi.

IIV JXD Axborot xizmati

44

Oxirgi yangilanish: 2024-12-27 08:00:05