Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan viloyat 3-sektoriga qarashli Gʻijduvon tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
2024-12-23 12:10:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonch-u tashvishiga sherik boʻlishi gʻoyat muhim sanaladi.
Shu maqsadda, Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari markazdan tortib, eng olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholining muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabullarni oʻtkazib kelmoqdalar.
Bugungi Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Ikromjon Tursunov ham ishtirok etib, aholining sud-huquq, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari, shuningdek, 3-sektor hamda ichki ishlar organlarining kundalik faoliyati bilan bogʻliq masalalarda qilingan murojaatlarni birma-bir koʻrib chiqdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida tezkorlik bilan hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Bu kabi sayyor qabullar tasdiqlangan grafik asosida viloyatning barcha hududlarida davom ettiriladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati