Malaka oshirish institutida ilmiy unvon olish uchun navbatdagi maxsus imtihon boʻlib oʻtdi
2024-12-22 23:55:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida professor va dotsent ilmiy unvonini olish uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yoʻnalishlari” fani boʻyicha maxsus imtihon boʻlib oʻtdi.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, taʼlim va fan, huquqni qoʻllash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan oʻtkazildi.
Imtihon jarayonida 13 nafar talabgorlarning Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Taraqqiyotlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan bilim va tajribalari sinovdan oʻtkazildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati