“Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kunlik” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonida Nukus shahrida yuz bergan ogʻir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi
2024-12-22 19:25:00 / Yangiliklar
Nukus shahrida joylashgan Amudaryo MFY da Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Nukus shahrida yuz bergan ogʻir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi. Unda Nukus shahri sektor rahbarlari hamda mahalla yettiligi aʼzolari qatnashdi.
Muhokama yigʻilishida Ichki ishlar vaziri soʻzga chiqib Nukus shahri hududida yuz berayotgan ogʻir oqibatli jinoyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilib, ularning kelib chiqish sabablariga toʻxtalib oʻtildi. Bu kabi ogʻir oqibatli jinoyatlarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligi birgalikda ishlarni tashkil etib mahallalarda targʻibot tashviqot ishlarni kuchaytirish kerakligi tushuntirildi hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati