Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev Xatirchi tumanida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalar muammolarini oʻrgandi
2024-12-22 19:15:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda aholining yashash sharoitini oʻrganish maqsadida Xatirchi tumanida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalar muammolarini oʻrgandi. Jumladan, tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar Risolat Qurbonova, Oʻktam Xudoynazarov hamda Muhiddin Qurbonovlarning xonadonlariga borib, viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari hamda mahalla yettiligi hamrohligida suhbatlashdi hamda ularning mavjud muammolari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalari bilan tanishdi.
Jarayonda sektor rahbari Azat Tasbayev masʼullarga fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarishda eng avvalo ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xohish-istaklaridan kelib chiqib, alohida reja asosida kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish va bu orqali daromad manbaini yaratib berish borasida oʻzining tavsiya va koʻrsatmalarini berdi.
Oʻrganishlar davomida berilgan topshiriqlar alohida nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati