Probatsiya boshqarmasi faoliyatiga oid hisobot yigʻilishi oʻtkazildi
2024-12-22 19:15:00 / Yangiliklar
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Sharof Uralov huzurida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, unda Probatsiya boshqarmasi masʼullari hamda hududiy boʻlinma boshliqlari va xodimlari ishtirok etdi.
Kun tartibi doirasida Probatsiya boshqarmasi hududiy boʻlinmalari tomonidan 11 oy davomida probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar bilan bogʻliq qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, nazoratdagi shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda sohani raqamlashtirishga oid amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahliliy muhokama etildi.
Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari hududlar kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, yigʻilish davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.