Navoiy viloyati IIB Axborot kutubxonasi “Eng yaxshi kutubxona” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-oʻringa munosib deb topildi
2024-12-21 10:20:00 / Yangiliklar
Fan va texnika taraqqiy etgan davrda kutubxonalarning zamonaviy qiyofa kasb etishi, xilma-xillikni taʼminlash sohaga doir adabiyotlarning koʻpayishi Axborot-resurs markazi faoliyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ichki ishlar organlari tizimida ham xodimlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitishga alohida eʼtibor qaratilib, ular uchun axborot-resurs markazlari tashkil etilgan.
Xususan, Navoiy viloyati IIBda joylashgan moʻjaz kutubxonada 7 mingdan ortiq oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari hamda sohaga oid huquqiy adabiyotlar oʻrin olgan. Kutubxona hamisha xodimlar bilan gavjum. Joriy yilda vazirlik miqyosida oʻtkazilgan “Eng yaxshi kutubxona” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida viloyat IIB Axborot kutubxonasi faxrli 1-oʻringa munosib deb topildi.
Kelgusida kutubxona faoliyatini kengaytirish, badiiy-tarixiy, ijtimoiy, huquqiy mavzudagi mashhur adabiyotlar adadini koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati